FVV ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar sovishi munosabati bilan respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Havo haroratining pasayib, kunlar sovishi oqibatida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish oqibatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish zarur. Aks holda isitish moslamalari bilan bog‘liq turli noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Mavsum davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan aholidan qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilish so‘raladi:

  • tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik;
  • elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalanish;
  • isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qaratish;
  • isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishish;
  • nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalanish;
  • isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormaslik;
  • gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik;
  • gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish;
  • gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qilish;
  • yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmaslik;
  • gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalanish va ularning doimiy sozligiga e’tibor berish.

“Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring. Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” yoki “1050” telefon raqamiga xabar bering. Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va  asrab qolgan bo‘lasiz”, deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida er-xotin yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgandi. 15 dekabr kuni esa Toshkent viloyati Piskent tumanida ham kelin-kuyov noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing