FVV qor ko‘chkisi xavfidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 martidan 16 mart kuniga qadar Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, fuqarolar ehtiyotkorlik chorasini ko‘rishi lozim.

“Diqqat! qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Gidrometerologiya xizmati markazi joriy yilning 5-9 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing