FVV “Qamchiq” dovonidan o‘tadigan haydovchilarni ogohlantirdi

Foydali 3496
image

Bugun, 7 dekabr kuni, tushdan keyin “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda dovonni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini iltimos qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kelayotgan hafta O‘zbekistonda qorli va quruq sovuqli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, ertaga, 8 dekabr kuni O‘zbekiston hududlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 105
Reyting: 3
Teglar
t
×