FVV fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Foydali

image

Kunlar sovishi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirib, bir qator tavsiyalar berdi.

FVV quyidagi tavsiyalarga amal qilishga chaqirmoqda:

  • isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor berish;

  • gaz uskunalarini ulash tartib-qoidalariga rioya qilish va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymaslik;

  •  maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qaratish.

“Hurmatli fuqarolar is gazidan ogoh bo‘ling!”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, turmushda foydalanib kelinayotgan yoqilg‘i mahsulotlari ichida tabiiy gaz (metan, propan) sizib chiqishi va havo bilan aralashma hosil qilib, portlashga xavfliligi bilan ajralib turadi.

Gaz oqimining to‘satdan (avariyaviy) uzilishi va qayta ulanishi natijasida xona ichida gaz to‘planishi, yonib turgan gaz anjomlarini qarovsiz qoldirish, isitish asbob-anjomlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, gaz quvurlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish oqibatida havo-gaz aralashmasini portlashi hamda yong‘in sodir bo‘lishi mumkin.  

Shuningdek, aholi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo‘lbola, nostandart gaz jihozlaridan foydalanish, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, nosoz holatdagi dudburonlardan foydalanish hamda xonadon ichida ochiq olovdan isitish maqsadida foydalanish holatlarining uchrab turishi fuqarolarning is gazidan zaharlanishiga hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi natijasida jabrlanishiga, hattoki halok bo‘lishiga olib kelmoqda.

Gaz hidini sezganda zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  • gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog‘idan o‘chiring;

  • darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;

  • xonada elektr jihozlarini yoqmang, yoniq bo‘lsa o‘chirmang, chunki bu yong‘in yoki gaz - havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lishi mumkin;

  • gaz chiqayotgan joyni aniqlash uchun ochiq olovdan emas, sovun ko‘pigidan foydalaning.


Maqola muallifi

Teglar

FVV ogohlantirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing