Futzal: Jahon chempionatining finalchilari ma’lum

Sport

image

Litvada davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatida ikkinchi yarim final o‘yini yakunlandi va Portugaliya terma jamoasi finalga yo‘l oldi.

Yevropa chempionati g‘olibi hisoblangan Portugaliyaga Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda har ikki jamoa bittadan gol kiritdi. Yakunda bahs g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda Rikardino yetakchiligidagi portugaliyalik futzalchilar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya termasi joriy yilning 3 oktyabr kuni so‘nggi Mundial g‘olibi Argentina bilan bahs olib boradi. 2016 yilgi Jahon chempionati yarim finalida ham ikki jamoa to‘qnash kelgan va “albiseleste” 5:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Qozog‘iston esa, 3-o‘rin uchun bahsda 5 karra Jahon chempioni hisoblangan Braziliya bilan “hisob-kitob” qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi JCHda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor nimchorak finalga qadar yetib bordi va azaliy raqib Eronga imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Litva Argentina Portugaliya final JCh

Baholaganlar

259

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing