Futzal: O‘zbekiston yilning eng yaxshi jamoasi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda

Sport

999

“Futsalplanet” nashri tomonidan o‘tkaziladigan “Futsalplanet Awards” marosimi oldidan turli nominatsiyalarda 2021 yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun nomzodlar e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston futzal terma jamoasi va bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ham o‘rin olgan. 

Xususan, dunyoning eng yaxshi futzal jamoasi nomi uchun kuchli o‘nlikda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham qayd etilgan. Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatdan Argentina, Bosniya-Gersogovina, Eron, Yaponiya, Qozog‘iston, Marokash, Portugaliya, Slovakiya va Venesuela terma jamoalari joy olgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi nominatsiyasida kurash olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ Latviyada o‘tgan jahon chempionatida o‘z tarixida ilk bor nimchorak finalga yo‘l olgan va Eronga 8:9 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, futzal olamida nufuzli hisoblangan “Futsalplanet” nashri yilning eng yaxshilarini muntazam ravishda aniqlab keladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston MTJ Bahodir Ahmedov Futzal Futsalplanet

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing