Futzal: O‘zbekiston Mozambik ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sport

image

Tailandning Bankok shahrida davom etayotgan futzal bo‘yicha “Continental” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi Mozambikni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. 

Musobaqaning ikkinchi turida Bahodir Ahmedov shogirdlari raqiblar darvozasiga javobsiz 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Akbar Usmonov va Ixtiyor Ropiyev dubl qayd etgan bo‘lsa, Ilhomjon Hamroyev, Anasxon Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov hamda Muzaffar Ahadjonov bittadan gol urib, yirik hisob qayd etilishini ta’minladi. 

“A” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston dastlabki turda Kosovo terma jamoasi ustidan 6:3 hisobida g‘alaba qozongan edi. So‘nggi turda mezbon Tailand terma jamoasi bilan uchrashuvdan avval yarim final yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. 

Musobaqada, shuningdek, Eron, Tojikiston, Misr va Litva jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal terma jamoasi joriy yilning 12 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Litva Jahon chempionati Futzal Mozambik

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing