Futzal. O‘zbekiston kubogi g‘olibi aniqlandi

Sport

image

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Finalda BMB va “Lokomotiv” jamoalari kuch sinashdi.

O‘yin to‘liqligicha BMB jamoasi ustunligida o‘tdi. Uchrashuv 18:3 hisobida BMB jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. 

Shunday qilib BMB jamoasi o‘zbek futzali tarixida oltin dubl qayd etgan birinchi jamoa bo‘ldi. Jamoa ortda qolgan mavsumda O‘zbekiston chempionatida ham g‘olib bo‘ldi. 

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston kubogida Oliy liganing 12 ta jamoasidan tashqari, birinchi liga va havaskor jamoalari ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston kubogi Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing