Futzal: Qirg‘iziston sensatsion tarzda Yaponiyani mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. “C” guruhining 1-tur bahsida qirg‘izistonlik futzalchilar musobaqaning amaldagi g‘olibi Yaponiya bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida zafar quchdi.

O‘yindagi birinchi gol 12-daqiqada Qirg‘iziston a’zosi Samat Janat Uulu tomonidan kiritildi. Birinchi taymda hisob boshqa o‘zgarmadi.

2-bo‘limning dastlabki daqiqalarida qirg‘izistonliklar hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Jarima to‘pidan Maqsad Olimov unumli foydalandi va g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Qirg‘izlarning o‘yindagi 3-goliga 12-daqiqada Qayrat Quvonchov mualliflik qildi.

O‘yin yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda yaponiyaliklar hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. 18-daqiqada esa “kunchiqar yurt” vakillari ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 3:2 hisobi o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi va qirg‘izistonliklar shov-shuvli g‘alabaga erishib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Yaponiya Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing