Futzal: Bugun O‘zbekiston Osiyo kubogidagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi

Sport

image

Bugun, 19 aprel kuni futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 2-tur o‘yinlari davom ettiriladi. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi iroqlik futzalchilarga qarshi maydonga tushadi.

1-turda Avstraliyani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes shogirdlari hozirda o‘z guruhlarida 3 ochko to‘plab, aynan Iroq bilan peshqadamlik qilmoqda. Dastlabki turda Iroq terma jamoasi 5:1 hisobida saudiyalik raqiblaridan ustun kelgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Iroq o‘yini Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Uchrashuvga “Bangkok” arena mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 aprel kuni Qirg‘iziston terma jamoasi sensatsion tarzda musobaqaning amaldagi chempioni Yaponiyani mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing