Futbolga regbi qoidalari kirib kelishi mumkin
Sport
−
29 noyabr 2023 4984 1 daqiqa
Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) top futbol musobaqalarida regbi sport turining ayrim qoidalarini qo‘llab ko‘rmoqchi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya chempionatining yangi mavsumida futbolchilar 10 daqiqaga maydondan chetlatilishi mumkin, ya’ni bu jazo qizil kartochkaga tortmaydigan, ammo baribir jiddiy bo‘lgan qoidabuzarlik uchun ishlatiladi.
28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 10 daqiqaga chetlatilish qoidasiga mos vaziyat sifatida mutaxassislar italiyalik himoyachi Jorjo Kellini tomonidan Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi futbolchisi Bukayo Sakaga nisbatan qilgan qo‘polligini ko‘rsatdi. O‘shanda italiyalik futbolchiga faqat sariq kartochka ko‘rsatilgandi. G‘oya mualliflarining fikricha, o‘sha epizodda Kellinini 10 daqiqaga maydondan chiqarib yuborish ideal qaror bo‘lardi.
IFAB, shuningdek, futbolchi tomonidan hakamni haqorat qilgani uchun vaqtinchalik 10 daqiqalik diskvalifikatsiyani joriy etish, faqat jamoa sardoriga hakam bilan muloqot qilish imkoniyatini berish qoidasini ham ko‘rib chiqmoqda.
Live
Barchasi