Futboldagi o‘zga sayyoraliklar Riyodda to‘qnash keldi (foto)
Sport
−
20 yanvar
6420Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu PSJ va Riyod yulduzlari jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan salomlashdi.
PSJ va “Al-Nasr” hamda “Al-Hilol” yulduzlari jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 5:4 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yindan oldin tribuna ostidagi xonada Ronaldu Parij jamoasi futbolchilari oldiga yaqinlashdi va Messi bilan quchoqlashib salomlashdi.
PSJ hujumchisi o‘yindan keyin o‘z Instagram'iga Krishtianu bilan quchoqlashib ko‘rishgani haqidagi videoni joyladi. Ronaldu ham o‘z sahifasiga so‘nggi o‘yindan bir nechta suratlarni, jumladan, o‘yin vaqtida Messi bilan kichik suhbat qurayotgani haqidagi suratni qo‘ydi.