“Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin”. Anchelotti kombek qilish imkoniyatiga to‘xtaldi
Sport
−
09 aprel
1933Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining Londonning “Arsenal” klubiga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 final birinchi o‘yinidagi mag‘lubiyati (0:3) haqida fikr bildirib, kombek qilish imkoniyatiga to‘xtaldi.
“Imkoniyat juda kam, ammo biz harakat qilishimiz kerak. Yomon o‘yinga munosabat bildirishimiz zarur. Ko‘ramiz, buni uddalay olamizmi? Aftidan, bugungi natijadan keyin imkoniyat yo‘qdek, ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, deydi Anchelotti.
Javob o‘yini 16 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
1/8 finalda “Real Madrid” “Atletiko”ni mag‘lub etdi. Ikki uchrashuvning umumiy hisobi 2:2, 4:2 pen. “Arsenal” esa o‘z navbatida Niderlandiyaning PSV jamoasini turnirdan chiqarib yubordi – umumiy hisobda 9:3.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anchelotti London klubidan uchralgan mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytgandi.
LiveBarchasi