Andijonda uka fohishalik qilgan opasini o‘ldirib, uyiga ko‘mib qo‘ygani fosh bo‘ldi
3-sahifa
−
14 Oktabr 2020
41237Andijon shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan opasini o‘ldirib, o‘z uyiga ko‘mgan yigit 11 yilga qamaldi. Bu haqda qo‘lga olindi “Xalq so‘zi online” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2018 yilning 2 yanvarida yuz bergan. 2017 yilda turmushidan ajrashgan ayol Sh.U. tirikchilik vajidan fohishalik bilan shug‘ullanishni kasb qilgan. Axloqsiz erkaklar bilan munosabati davomida ichkilik va tamaki chekishni o‘rgangan. Bu voqealarning barchasi o‘z onasi, ukasi va jiyanlari bilan birgalikda istiqomat qilayotgan xonadonda ro‘y bergan.
Ayol o‘sha kuni jiyani Sh.ga uyiga kelgan noma’lum erkakni kuzatib qo‘yishni buyurgan. Bola begona erkakni kuzatib qo‘ygach, ayol jiyanini so‘roqqa tutib, mahalladagi qo‘shnilarga erkakni kim deb aytganini so‘ragan. Bola uni begonaligini bildirib qo‘ygani uchun ayol qo‘liga ilingan narsa bilan bolani kaltaklay boshlagan.
Shu payt xonaga kirib kelgan ukasi U.U. vaziyatni tushunib, onasi bilan jiyanini uydan chiqarib yuborib, opasining oyoq-qo‘lini bog‘lab do‘pposlagan va duch kelgan joyiga tepgan. Olgan tan jarohatlari tufayli ayol voqea joyida vafot etgan.
Qotillik jinoyatini yashirishga uringan yigit shu xonaning o‘zida bir metrlik chuqur kavlab, onasi va jiyani yordamida jasadni ko‘mib yuborgan va ular o‘tgan voqeani hech kimga aytmaslikka kelishib olgan.
Halovatidan ayrilgan yigit oilasi bilan boshqa uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan va bo‘lib o‘tgan voqealarni turmush o‘rtog‘iga aytib bergan. Ayoli esa ichki ishlar bo‘limiga xabar berib, erining qotilligidan ogoh etgan.
9 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida U.U.ning jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi