Futbol: Olimpiya o‘yinlarida chorak final juftliklari ma’lum 

Sport

image

Tokio Olimpiadasining futbol bo‘yicha guruh bahslari o‘z yakuniga yetdi. Chorak finalga chiqqan jamoalar o‘z raqiblarini bilib oldi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Yaponiya - Yangi Zelandiya, Meksika - Janubiy Koreya, Ispaniya - Kot-D’Ivuar va Misr - Braziliya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 

Ayollar futbolida esa, Buyuk Britaniya Avstraliya bilan, Rio Olimpiadasida finalga qadar yetib borgan Shvetsiya Yaponiya futbolchilari bilan, Kanada jamoasi Braziliya bilan bahs olib boradi. 4-juftlik 2019 yilgi Jahon chempionati finalida to‘qnash kelgan jamoalar — Niderlandiya va AQSH terma jamolari hisoblanadi.

Chorak final bahslari 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Rio Olimpiadasining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Braziliya terma jamoasi Germaniyani yengib, chempionlikka erishgandi. Ayollar o‘rtasida Germaniya terma jamoasi Shvetsiya futbolchilarini taslim etishni uddalagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Futbol Yaponiya Braziliya Tokio-2020 Ispaniya Niderlandiya Chorak final

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing