Futbol: Olimpiya o‘yinlarida chorak final juftliklari ma’lum
Sport
−
28 iyul 2021 5965 1 daqiqa
Tokio Olimpiadasining futbol bo‘yicha guruh bahslari o‘z yakuniga yetdi. Chorak finalga chiqqan jamoalar o‘z raqiblarini bilib oldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Yaponiya - Yangi Zelandiya, Meksika - Janubiy Koreya, Ispaniya - Kot-D’Ivuar va Misr - Braziliya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Ayollar futbolida esa, Buyuk Britaniya Avstraliya bilan, Rio Olimpiadasida finalga qadar yetib borgan Shvetsiya Yaponiya futbolchilari bilan, Kanada jamoasi Braziliya bilan bahs olib boradi. 4-juftlik 2019 yilgi Jahon chempionati finalida to‘qnash kelgan jamoalar — Niderlandiya va AQSH terma jamolari hisoblanadi.
Chorak final bahslari 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Rio Olimpiadasining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Braziliya terma jamoasi Germaniyani yengib, chempionlikka erishgandi. Ayollar o‘rtasida Germaniya terma jamoasi Shvetsiya futbolchilarini taslim etishni uddalagan edi.
Live
BarchasiAkademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
12 dekabr