Futbol munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Sport

image

Bugun, 20 mart kuni 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuv bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopiq bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota - Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi, Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan - Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida soat 17.00 dan soat 23:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan muxlislardan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘rab, ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Jahon chempionati Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing