“Futbol qiroli” kimyoterapiya tekshiruvidan o‘tdi

Sport

image

“Futbol qiroli” Edson Arantis du Nasimentu (Pele) muntazam tekshiruvlar chog‘ida aniqlangan o‘simtani kimyoterapiya bilan davolash uchun joriy hafta boshida Albert Eynshteyn shifoxonasiga yotqizilgan edi. Braziliya terma jamoasi safida uch karra Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan U o‘zining Instagram sahifasida salomatligi haqida ma’lumot berdi va oxirgi marta 2021 yilda kimyoterapiya kursini o‘tkazgani haqida yozib qoldirdi.

“Do‘stlar, 30 sentyabrdan boshlab, men kasalxonadan chiqqanimdan beri, davolanishim doirasida kichik kimyoterapiya seanslarini o‘tkazganimni bilasiz. Bugun Albert Eynshteyn kasalxonasida 2021 yildagi oxirgi kimyoterapiya seansimni o‘tkazyapman. Men ushbu muvaqqiyatni siz bilan baham ko‘rmoqchi edim. Axir, har bir kichik g‘alaba bayramga sabab bo‘ladi, shunday emasmi? Men fursatdan foydalanib, yana bir nechta imtihonlardan o‘tishimni, shuning uchun bu yerda bir necha kun qolishimni aytib o‘tmoqchiman. Havotirga tushmang, bayramga tayyorlanyapman”, deydi Pele Nasimentu.

Eslatib o‘tamiz, Pele o‘zini o‘zini kun sayin yaxshi his qilayotgani haqida Twitter sahifasida yozib qoldirgan edi. 81 yoshli braziliyalik afsona joriy yilning sentyabr oyida yo‘g‘on ichak o‘simtasini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazgach, deyarli bir oy davomida shifoxonada davolangan.

Ma’lumot uchun, bir necha kun avval Pele o‘zining Instagram sahifasida Messini “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani bilan tabriklagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Pele Braziliya Edson Arantis du Nasimento Kimyoterapiya Eynshteyn

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing