Futbol bo‘yicha 2030 yilgi Jahon chempionati 6 ta davlatda o‘tkaziladi

Sport

image

Bugun, 4 oktyabr kuni FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda 2030 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari unga mezbonlik qilish uchun ariza bergan barcha mamlakatlarda bo‘lib o‘tishi belgilandi. 

Unga ko‘ra, 6 ta davlat – Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Paragvay va Marokash futbol bo‘yicha 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Janubiy Amerikada uchta o‘yin: ochilish o‘yini Urugvayda, mahalliy terma jamoa ishtirokida tashkil etiladi, xuddi shu narsa Argentina va Paragvay terma jamoalarining guruhdagi dastlabki o‘yinlariga ham tegishli bo‘ladi.

Turnirning qolgan barcha o‘yinlari Ispaniya, Portugaliya va Marokashdagi stadionlarda o‘tkaziladi. 

“Biz ishonamizki, 2030 yilgi Jahon chempionati hammasi boshlangan joyda start oladi. Yubiley Jahon chempionatining ochilish o‘yinlari Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi”, deydi CONMEBOL (Janubiy Amerikada futbolni boshqaradigan dunyodagi eng qadimgi futbol konfederatsiyasi) prezidenti Alexandro Dominges.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing