Fuqarolar urushi boshlanishi mumkin – Kreml Oq uyni ogohlantirdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022
14736AQSHning Rossiyaga qarshi tahdidlari Ukrainadagi fuqarolar urushini qayta boshlashga qaror qilishi mumkin bo‘lgan ayrim Ukraina rahbarlarida noto‘g‘ri umid uyg‘otishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 20 yanvar kuni jurnalistlar bilan suxbatda aytib o‘tgan.
“Bu bayonotlarning barchasi vaziyatni beqarorlashtirishga hissa qo‘shishi mumkin, chunki ular Ukraina rahbariyatining ba’zi vakillarida mutlaqo noto‘g‘ri umidlarni uyg‘otishi mumkin, ular aytganidek, ayyorlik bilan yangidan fuqarolar urushini boshlashga va janubi-sharq muammosini hal etishga qaror qilishlari mumkin. Biz shundan qo‘rqamiz”, degan Kreml vakili AQSH prezidenti Jo Baydenning Rossiyaning go‘yoki Ukrainaga bostirib kirishi Moskva uchun falokat bo‘lishi haqidagi bayonotini izohlar ekan.
Peskovga ko‘ra, AQSHning bayonotlari hech qanday shaklda Yevropada yuzaga kelgan taranglikni yumshatishga xizmat qilmaydi.
Kreml matbuot kotibi Rossiyaga tahdid soluvchi va u ba’zi faraziy harakatlari uchun katta to‘lov to‘lashi haqida ogohlantiruvchi bayonotlar har kuni eshitilayotganiga e’tibor qaratgan.
“Ular har kuni o‘rtacha ekspert darajasidan tortib, yuqori darajachaga, hatto davlat rahbari darajasida yangraydi va bu so‘nggi bir oy ichida havas qilsa arzigulik barqarorlik bilan sodir bo‘ldi”, degan Kreml matbuot kotibi.
Peskov Moskva muntazam ravishda bu bayonotlarga izoh berib turishini eslatdi. Uning fikriga ko‘ra, “izoh berishni davom ettirmaslik kerak, chunki bayonotlar ko‘chirma qog‘ozda yozilgandek takrorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Rossiyaning Ukrainaga “bosqini” joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.
“Conflict Intelligence Team” (CIT) esa Rossiya “Iskandar” raketalar majmuasini va yana boshqa og‘ir texnikalarni g‘arbiy chegaralari tomon tashiyotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, raketalar kompleksi va zirhli artilleriya ortilgan poyezdlar mamlakat Sharqiy harbiy okrugidan g‘arbga tomon harakatlangan.
LiveBarchasi