“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 7 dekabrda qabul qilingan Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

So‘zga chiqqan senatorlar reproduktiv salomatlik masalalari, umuman fuqarolar sog‘lig‘ini, onalik va bolalikni saqlash, har tomonlama va uyg‘un barkamol avlodni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ekanini ta’kidladilar. Shundan kelib chiqqan holda, Qonunning maqsadi – aholining reproduktiv salomatligini saqlash, bepushtlikning oldini olish va uni davolash sohasidagi jamoat munosabatlarini tartibga solishdir. Qonunning huquqiy tartibga solinishi mamlakat fuqarolari salomatligini, ularning sog‘lom va baxtli oila yaratish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Qonunda asosiy prinsiplar belgilangan bo‘lib, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlashni tashkil etishning barcha bosqichlarida tibbiy xizmatlar qulayligi va sifatliligi, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash va oilani rejalashtirish bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar hajmini ta’minlash, shaxsiy hayotga aralashuvdan himoyalanish, shaxsiy va oilaviy sirni saqlash, insonparvarlik, insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, reproduktiv muammolarni hal qilishda axborotning maxfiyligi, reproduktiv salomatlikni saqlash masalalarida erkaklar va ayollarning tengligi shular jumlasidandir. 

Bundan tashqari, hujjatda mazkur sohadagi davlat siyosatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan: 

•    fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish; 
•    fuqarolarning salomatligini saqlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish; 
•    ota-onalarda sog‘lom bolalar tug‘ish uchun javobgarlik hissini paydo qilish orqali ularda buning uchun ongli munosabatni shakllantirish va hokazo.

Mazkur Qonun aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash tizimini qonunchilik darajasida mustahkamlab qo‘yishga ko‘maklashishi ta’kidlandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlisi

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing