Freedom House ro‘yxatida O‘zbekiston quyi pog‘onadan joy oldi
Olam
−
06 mart 2020
5140Amerikaning Freedom House tashkiloti "Dunyoda erkinlik-2020" yillik reytingida O‘zbekistonni erkin bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiritdi.
4 mart kuni e’lon qilingan hisobotda, O‘zbekistonda erkinlik darajasi 100 ballik shkalada 10 ball deya baholangan. Respublikaga siyosiy huquqlar bo‘yicha 40 balldan 2, inson erkinliklari bo‘yicha 60 balldan 8 ball berilgan.
“Belarus va O‘zbekistonda o‘tgan parlament saylovlarida muxolifat qatnashmadi. Oqibatda qonun chiqaruvchi hokimiyat hukumatga yon bosuvchi guruhlar qo‘liga o‘tdi”, deyiladi Freedom House bayonotida.
Tashkilot jahondagi 63 ta davlatni to‘la erkin deya e’tirof etgan. Ular qatoriga Gruziya, Ukraina, Qirg‘iziston, Abxaziya, Gonduras va boshqa davlatlar kiritilgan.
Erkin davlatlar ro‘yxatini (jami 83 ta davlat) Finlyandiya, Norvegiya va Shvetsiya (ularning har biri siyosiy huquqlar va inson erkinliklari bo‘yicha 100 balldan to‘plagan) boshqarib bormoqda. Reytinga Yevropa Ittifoqining deyarli barcha davlatlari kiritilgan. Shuningdek, AQSH va Kanada ham.
Ro‘yxatda Tojikiston (9 ball), Turkmaniston (2 ball), Qozog‘iston (23 ball), Qirg‘iziston (39 ball), Belarus (19 ball), Rossiya (20 ball), Turkiya (32 ball) to‘plagan.
Freedom House 195 ta mamlakatda tadqiqot o‘tkazdi. Ulardan 83 tasida (kartada yashil) erkinlik, 63 tasida (sariq) qisman erkinlik bor. Erkinlik bo‘lmagan mamlakatlar esa 49 ta (binafsharang).
Freedom House o‘z hisobotida dunyo bo‘ylab erkinlik darajasi ketma-ket 14 yildan beri pasayib borayotganini ta’kidlagan. 2019 yilda siyosiy huquqlar va inson erkinliklariga rioya qilish 64 mamlakatda yomonlashgan, 37 tasida yaxshilangan. Shu bilan birga, demokratik va avtoritar mamlakatlarda etnik, diniy va boshqa ozchiliklarning huquqlari buzilgan.
LiveBarchasi