Fransuz noni UNESCO ro‘yxatiga kiritildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

An’anaviy fransuz noni – baget UNESCO hukumatlararo qo‘mitasi yig‘ilishida insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tashkilot yig‘ilishida qatnashchilar bir ovozdan baget tayyorlash mahorati uchun bunday maqomni berishni ma’qullashgan.

“Ro‘yxatga bagetning kiritilishi fransuz turmush tarziga hurmatni ifodalaydi”, deya ta’kidlagan UNESCO rahbari Odri Azule.

Ma’lumot uchun, o‘zbek milliy taomlaridan palov 2016 yilda, italyan pitssasi esa 2017 yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan. O‘zbekistondan, shuningdek, 2014 yilda askiya san’ati, 2019 yilda lazgi raqsi va boshqalar bu ro‘yxatdan joy olgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing