Fransuz konyagidan ko‘chirmakashlik qilgan korxona jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Konyak mahsuloti ishlab chiqaruvchi “Afsar company LTD” MCHJga insofsiz raqobat holatlari sabab moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Fransiyaning Societe Jas Ilennessy & So kompaniyasi o‘zining “Hennessy X.O” tovar belgisi bilan fuqarolik muomalasiga kiritilgan konyak mahsulotiga tashqi ko‘rinishi jihatdan iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash qilib “Afsar company LTD” MCHJ tomonidan “Extra old X.O” konyak mahsuloti ishlab chiqarilgani va fuqarolik muomalasiga kiritilgani yuzasidan murojaat qilgan.

O‘rganishlarda“Afsar company LTD” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Extra old X.O” konyak mahsulotining tashqi ko‘rinishi  aynan “Hennessy X.O” konyagini takrorlagani va iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshashligi aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni 21-moddasi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirish taqiqlangan talabi buzilgan, deb topildi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Afsar company LTD” MCHJ O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni 21-moddasi talablari buzilgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha moliyaviy  jarima qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 694-sonli qarori “Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi” 6-bandida, avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish insofsiz raqobat belgilaridan biri ekanligi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Rossiyada ishlab chiqarilgan sodaning qadog‘idan ko‘chirma qilgan “Mustang lider free” MCHJga nisbatan ta’sir chorasi ko‘rilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

kon'yak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing