Fransiyaning Markaziy Osiyodagi ilk faxriy konsulligi Samarqandda ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 aprel kuni Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan–Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrifini Samarqand shahridan boshladi. Bu haqda Viloyat hokimligining telegram kanalida ma’lum qilindi.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda Jan–Batist Lemuan O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarning tobora rivojlanib borayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan tashrifi bu aloqalarni yangi bosqichda davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirganini ta’kidladi.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida tashkil etilgan Fransiyaning faxriy konsulligi ochilishida ishtirok etishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston-Frantsiya

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing