Fransiyaning Bordo shahrida kuchli portlash yuz berdi

Olam

image

Fransiyaning Bordo shahri markazi yaqinidagi turar-joy binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Sud Ouest” gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Portlash Sharton kvartalida joylashgan turar-joy binosining yuqori qavatlaridan birida sodir bo‘lgan. Oqibatda bino shikastlangan.

 


Xabar qilinishicha, hodisa joyiga huquqni muhofaza qilish idoralari va qutqaruv xizmatlari yo‘l olishgan. Qurbonlar haqida hali ma’lumot mavjud emas.

 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Bordo

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing