Fransiyaliklar jamoasining mag‘lubiyatidan so‘ng to‘polon qildi
Sport
−
15 iyul 8961 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasining Jahon chempionati yarim finalidagi mag‘lubiyatidan keyin mamlakatning bir qator shaharlarida tartibsizliklar yuzaga keldi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, RMC radiosi xabar berdi.
Kecha, 14 iyul kuni Ispaniya terma jamoasi AQSHda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng Parij va uning atrofida tartibsizliklar kuzatildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya tomonidan 141 nafar shaxs qo‘lga olingan. Hibsga olishlarning asosiy sababi ayrim tartibbuzarlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qarshi pirotexnika vositalaridan foydalangani bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisalar oqibatida jiddiy jarohat olganlar qayd etilmagan. Shunga o‘xshash tartibsizliklar Lion shahrida ham sodir bo‘lgan. Uchrashuv vaqtida Bellekur markaziy maydonida bir necha guruh yoshlar to‘plangan. Keyinchalik ular ham politsiya xodimlariga qarshi pirotexnika vositalarini ishlatgan. Bu yerda ham jiddiy moddiy zarar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Live
Barchasi