Fransiyadan AstraZeneca vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
14 avgust 2021 3754 1 daqiqa
Bugun, 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan O‘zbekistonga 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetdi. Ulardan:
• 370 000 dozasi “Sputnik V”;
• 986 480 dozasi AstraZeneca;
• 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
• 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr