Fransiyada Yangi yil kechasida 861 ta mashina yoqib yuborildi
Olam
−
02 yanvar 2021
7797Fransiyada 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan 861 ta mashina yoqib yuborilgan. Bu haqda "Europe 1" xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, Yangi yil arafasida sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida mamlakat Ichki ishlar vazirligining bayonotida avtomobillarga o‘t qo‘yilishi bilan bog‘liq raqamlar aytilmagan.
Vazirlik bo‘lim boshlig‘i Jerald Darmanen prefektlarga ushbu ma’lumotlarni mahalliy darajada oshkor qilmaslikni talab qilgan.
Mamlakat politsiyasi va jandarmeriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar butun Fransiya bo‘ylab 861 ta mashinani yoqib yuborishgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 41 foiz kam. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1457 tani tashkil etgan.
Ma’lumot o‘rnida, 11 dekabrdan boshlab mamlakatda koronavirus pandemiyasi fonida soat 20:00 dan 6:00 gacha amalda bo‘ladigan komendantlik soati joriy qilingan. Shuningdek, 15 dekabrdan rasmiylar Fransiyadagi karantinni va mamlakat ichkarisida harakatlanish uchun cheklovlarni bekor qilishgan.