Fransiyada vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
09 dekabr 2020
3508Kecha, 8 dekabr kuni Fransiya sharqida bortida yo‘lovchilari bor vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda BMTV xabar bermoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Savoyya departamentida vertolyotning qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda departament perfekti Paskal Bolo ma’lum qilgan.
Aytilishicha, halokatga uchragan vertolyot bortida Fransiya aeronavigatsiya xizmatining to‘rt xodimi va ikki nafar qutqaruvchi bo‘lgan.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot uchuvchisi o‘zini katapult qilishga muvaffaq bo‘lgan. Boloning aytishicha, uning ahvoli og‘ir.