Fransiyada tarixiy suv toshqini, Ispaniyada kuchli dovul bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Fransiya ketma-ket kuchli yomg‘ir va qishki bo‘ronlar ortidan rekord darajadagi suv toshqini xavfi bilan yuzma-yuz turibdi. Mamlakat meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hududlarda 30 kundan beri uzluksiz “to‘q sariq – xavf yuqori” yoki “qizil ogohlantirish – juda xavfli ob-havo” rejimi amal qilmoqda. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Suv toshqinlarini monitoring qiluvchi “Vigicrues” xizmati 81 departament va 154 daryoda bir vaqtning o‘zida xavf qayd etilganini bildirgan. Bu 1959 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. O‘tgan hafta Fransiyada Nils bo‘roni oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.

Janubi-g‘arbda Garonne daryosi o‘z qirg‘oqlaridan toshib, yo‘llar va uylarni suv bosgan. Mutaxassislar tuproq namlikka to‘yingani sababli suvni shimish qobiliyatini yo‘qotganini aytmoqda.

Ayni paytda Oriana bo‘roni Ispaniyani qamrab olgan. Soatiga 166 km tezlikdagi shamol sharqiy, shimoliy va janubiy hududlarga jiddiy talafot yetkazishga ulgurgan. Bask sohili, Valensiya, Malorka, Andalusiya va Barselonada transport qatnovi izdan chiqqan, 3 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Mamlakatning Kastelon viloyati qizil ogohlantirishga o‘tgan. Kuchli shamollar daraxtlarni qulatib, infratuzilmaga zarar yetkazgan. Hozirgacha Fransiya va Ispaniyada bo‘ronlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 16-17 fevral kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi aytilgan edi. 

Musulmon Sodiq


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Ispaniya suv toshqin kuchli dovul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing