Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishlar uyushtirildi

Olam

image

Joriy yilning 19 yanvar kuni Fransiyada pensiya islohotiga qarshi 1 milliondan ortiq kishi namoyishga chiqdi. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Parijning o‘zida 400 ming kishi namoyishga chiqqan. Shuningdek, boshqa shaharlarda ham namoyishlar o‘tkazilgan. Lekin namoyish alangasi mamlakatda ilgari bo‘lib o‘tgan mitinglardek olovlanmagan. Ayni damda Fransiya poytaxti ko‘chalarida vaziyat tinch.

Ma’lumot uchun, mamlakatda kasaba uyushmalarining bu kabi norozilik qilishiga Fransiya bosh vaziri Elizabet Born pensiya tizimini isloh qilish loyihasini taqdim etgani sabab bo‘lgan. Loyihaga ko‘ra, pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko‘tarish rejalashtirilgan.

Ushbu yosh chegarasi faqat muddati tugamaganlar uchun minimal to‘lovlar bilan pensiyaga chiqish imkoniyatini nazarda tutadi. 2027 yildan boshlab 43 va undan ko‘proq yil ishlaganlar pensiyani to‘liq hajmda olishlari mumkin bo‘ladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing