Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq “og‘ir davr” kutilmoqda – Makron 

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron joriy yil aprel oyining o‘rtalariga qadar mamlakatni COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda qiyin davr kutmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda Puassi shahri meri Karl Oliva ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, shahar hokimi bu haqda Makronning Sen-Jermen-an-Le shahridagi mahalliy shifoxonaga tashrifi to‘g‘risidagi e’lon paytida aytgan. 

"Aprel oyining o‘rtalariga qadar qiyin davr bo‘ladi", deya u Prezidentning so‘zlarini keltirgan. 

Olivaning so‘zlariga ko‘ra, Makron epidemiyani oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga umid qilmoqda, ular faqat mahalliy sharoitda qo‘llaniladi. 

Puassi meri hozirgi paytda fuqarolarni qayta izolyatsiya qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks mamlakatda yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning uchinchi to‘lqini boshlanganini aytgandi. 

Fransiya Hukumati rahbari yangi to‘lqin patogenning ko‘plab variantlarining aylanishi bilan ajralib turishini ta’kidlagan. 

Fransiyada shu paytgacha 4,15 mln kishida koronavirus aniqlangan. 91 437 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Makron

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing