Fransiyada kamyob Shamonda virusini yuqtirgan birinchi inson vafot etdi
Olam
−
17:18 566 2 daqiqa
Fransiyada Shamonda virusi aniqlangan birinchi inson vafot etdi. Bundan avval ushbu virus faqat qishloq xo‘jaligi hayvonlarida aniqlangan. Bu haqda mamlakat hukumatitga tayanib, “Sky News” xabar berdi.
Fransiya hukumatining bildirishicha, odatda chorva mollarini zararlaydigan Shamonda virusi insonda aniqlangan va ushbu bemor vafot etgan. Mamlakat rasmiylari hozirda aholi uchun hech qanday xavf yo‘qligini bildirmoqda.
Shamonda virusi asosan “Culicoides” urug‘iga mansub mayda chivinlar orqali tarqalishi va asosan yirik shoxli chorva mollarini zararlashi ma’lum. Ushbu kasallik ilk bor 1960 yillarning o‘rtalarida Nigeriyada aniqlangan bo‘lib, o‘shandan beri Afrika va Yaponiyadagi hayvonlarda vaqti-vaqti bilan kuzatilib kelingan. Ilgari bu virus insonga o‘tmaydi deb hisoblanar edi. Biroq joriy yilda virus bir qator Yevropa mamlakatlarida tarqalgan.
Britaniyaning Hayvonlar va o‘simliklar salomatligi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida Jersi oralida yirik shoxli chorva mollarida Shamonda virusi aniqlangan bo‘lib, undagi klinik belgilar Yevropaning boshqa hududlarida kuzatilgan belgilarga mos kelgan.
“Bu virusning Britaniya orollarida va Buyuk Britaniyaga bevosita yaqin hududda mavjudligini tasdiqlaydi hamda uning shimoli-g‘arbiy Yevropa bo‘ylab keyinchalik ham tarqalish salohiyatini ko‘rsatadi”, deyiladi Buyuk Britaniya hukumati bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi