Fransiyada AstraZeneca bilan emlangan 8 kishi vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiyada sakkiz kishi AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng, tromboz oqibatida vafot etdi. Bu haqda Dori vositalari xavfsizligi bo‘yicha Milliy agentlik bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar qildi.

Joriy yilning 8 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda aynan shu preparat orqali 2,72 million kishi emlangan edi.

AstraZeneca bilan emlash jarayoni boshlanganidan buyon Fransiyada 23 ta tromboz holatlari aniqlandi, ulardan sakkiztasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoda 68 ta davlat AstraZeneca vaksinasini qo‘llashda davom etmoqda, 12 ta davlat aholisining ba’zi bir qismi uchun qo‘llayotgan bo‘lsa, yana 4 davlat ushbu preparatdan foydalanishni butunlay to‘xtatgan.

Ushbu vaksinadan foydalanayotgan davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing