Fransiyada abort qildirish qonuniylashtirildi

Olam

image

Fransiyada ayollarning homiladorlikdan voz kechish huquqini belgilovchi qonun rasman kuchga kirdi. Tegishli qonun o‘zgarishi hukumatning rasmiy nashri “Journal official”da e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaning 34-moddasiga "ayolning homiladorlikni ixtiyoriy ravishda to‘xtatish erkinligi"ni taqdim etuvchi yangi band kiritilgan.

Ayollarning abort qilish huquqini konstitutsiyaga kiritish to‘g‘risidagi qarorni Fransiya parlamentidagi 925 deputat va senatordan 780 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Konstitutsiyaga tegishli moddani kiritishni taklif qilgan Prezident Emmanuel Makron esa parlament qarorini ma’qulladi.

Ma’lumot uchun, Fransiyada abortga ruxsat beruvchi qonun 1975 yildan beri amal qiladi, biroq o‘tgan yilning kuzida Makron bu qoidani Konstitutsiyaga kiritishni taklif qilgan edi.

“Respublika bu normani qonun bilan mustahkamlagan dunyodagi birinchi davlatdir”, deydi Adliya vaziri Erik Dyupon-Moretti.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya abort

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made