Fransiya Vengriyani mag‘lub eta olmadi

Sport

image

Bugun, 19 iyun kuni Yevropa chempionatining asosiy favoritlaridan biri Fransiya Budapeshtda Vengriya bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

Yevro-2020 musobaqasining “F” guruhidan o‘rin olgan jamoalar 2-tur uchrashuvda o‘zaro baxs olib borishdi. O‘yinning birinchi bo‘limi Fransiyaning ustunligi ostida o‘tdi. Biroq Vengriya qarshi hujumlarda samarali o‘ynadi. Taym so‘nggida Vengriya qarshi hujumdan unumli foydalandi. Attila Fiolo Ugo Loris darvozasini ishg‘ol etib jamoasining Yevropa chempionatidagi dastlabki golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda hujumlarga zo‘r bergan fransuzlar raqib darvozasini ishg‘ol etishga qiynalishdi. 66-daqiqada Kilian Mbappening uzatmasidan so‘ng Antuan Grizmann "mojor"lar darvozasiga gol kiritib, muvozanatni tikladi. Vengriya autsayder maqomida bo‘lsa-da, darvozasidan boshqa to‘p olib chiqmadi.

O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va xar ikki jamoa bir ochkodan ishlab oldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv, Portugaliya va Germaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing