Fransiya va Italiya Livandagi BMT tinchlikparvarlari o‘rniga yangi loyiha taklif qildi
Olam
−
26 iyun 1632 1 daqiqa
Fransiya va Italiya kelajakda Livandagi BMT tinchlikparvarlari kontingenti o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan ko‘p millatli koalitsiya tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, yangi xalqaro kontingent Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan muvofiqlashtirilgan holda shakllantiriladi. Uning asosiy vazifasi Livan suverenitetini mustahkamlash, mamlakat milliy qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakat hududining mintaqaviy keskinlik uchun maydonga aylanishining oldini olishdan iborat bo‘ladi.
Meloni esa xalqaro ishtirokni saqlab qolish “o‘ta xavfli bo‘shliq” yuzaga kelishining oldini olishini ta’kidlagan.
Hozirda Livan janubida BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) missiyasi faoliyat yuritmoqda. Uning tarkibida qariyb 50 davlatdan kelgan 7,5 ming nafar harbiy xizmatchi bor. Tinchlikparvarlar 1978 yildan buyon Livan va Isroil o‘rtasidagi “ko‘k chiziq” hududida bufer vazifasini bajarib kelmoqda.
Makronning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan format ayrim davlatlarning bir tomonlama tashabbusi sifatida ko‘rilmayapti. Uning aytishicha, loyiha xalqaro hamkorlar ishtirokida muhokama qilinadi va asosiy maqsad Livanda barqarorlikni ta’minlash hamda davlat institutlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust