Fransiya O‘zbekistonning JCHdagi raqibini yengdi
Sport
−
30 mart 1724 1 daqiqa
Kecha, 29 mart kuni Fransiya terma jamoasi Kolumbiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Unda fransuzlar Lotin Amerikasi vakillarini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yin Landoverdagi “Nortvest” stadionida bo‘lib o‘tdi. Fransiya bosh murabbiyi Dide Desham terma jamoani yulduz futbolchi va sardor Kilian Mbappesiz maydonga chiqardi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Dezire Due hisobni ochdi, 41-daqiqada esa Markus Tyuram fransuzlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Due yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yiriklashtirdi. Kolumbiya jamoasidan Xaminton Kampas 77-daqiqada hisobni qisqartirdi. Yakunda o‘yin 3:1 hisobida Fransiya foydasiga yakunlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonning mundialdagi yana bir raqibi Portugaliya joriy yilning 29 mart kuni Meksika bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Endi ular 1 aprel kuni AQSHga qarshi maydonga tushadi.
Ta’kidlash joizki, Kolumbiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati “K” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Portugaliya bilan birga joy olgan.
Live
Barchasi