Fransiya O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasi yuboradi
Jamiyat
−
13 avgust 2021
3687Ertaga, 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Shunda O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetadi.
Ulardan:
• 370 000 dozasi “Sputnik V”;
• 986 480 dozasi AstraZeneca;
• 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
• 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, 12 avgust holatiga ko‘ra, jami 11 651 161 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shu kungacha yurtimizda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi