Fransiya Ukrainaga qo‘shin kiritishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Fransiya zarurat tug‘ilganda xavfsizlik kafolatlari doirasida o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga tayyor. Bu haqda Fransiya Quruqlikdagi qo‘shinlar Bosh shtabi boshlig‘i, general Per Shil Milliy Assambleya Mudofaa qo‘mitasi deputatlari oldida o‘tkazilgan tinglov chog‘ida so‘z ochdi.

“Biz xavfsizlik kafolatlari doirasida zarurat tug‘ilganda, Ukraina manfaatlari yo‘lida qo‘shinlarni joylashtirishga tayyormiz”, degan general. 

Telekanalning ta’kidlashicha, bu bayonotning asosiy mazmuni – Fransiya “Ukrainadagi mojaroga aralashishga tayyor” ekanini ko‘rsatishdan iborat.

Shilning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yil koalitsiyalar tuzilishi bilan ajralib turadi va bu orqali Fransiya resurslaridan ittifoqdoshlar ham foydalanishi mumkin. U shu orqali Fransiyaning ittifoqchilariga sodiqligini ta’kidlagan.

Oktyabr oyining boshida Shil G‘arb darhol jangovar harakatlarga kirishga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan edi. 23 oktyabr kuni Fransiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Faben Mandon ham fransuz harbiylari “uch-to‘rt yil ichida Rossiya bilan to‘qnashuvga tayyor bo‘lishi lozim”ligini bildirgan.

Moskva esa bir necha bor Ukraina hududida NATOga a’zo davlatlar harbiylarining joylashtirilishiga qarshi ekanini ta’kidlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “ko‘ngillilar koalitsiyasi”dagi Yevropa hamkorlari Kiyev nazoratidagi hududlarda o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin harbiy kuch joylashtirishga tayyor ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ukraina Per Shil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing