Fransiya Ukraina bilan xavfsizlik shartnomasini imzolamoqchi
Olam
−
17 yanvar
3962Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron fevral oyida Ukrainaga tashrif buyurishini va yangi harbiy yordam paketini, shu jumladan SCALP – havodan uchiriladigan qanotli raketalarini yuborishini e’lon qildi. Bu haqda Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Makron Kiyevda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama bitim tuzmoqchi.
“Biz Yevropa va Britaniya kabi hamkorlarimiz bilan yaqin aloqadamiz. Kelgusi haftalarda tayyor bo‘ladigan ikki tomonlama kelishuvni yakunlaymiz. Shuningdek, 40 ga yaqin SCALP raketalari va ukrainalik do‘stlarimiz kutayotgan yuzlab snaryadlarni yetkazib beramiz”, deydi Makron.
Shuningdek, Makron Fransiya harbiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘liga o‘tganini ta’kidlagan.
“Bu bizga ukrainalik hamkorlarimizga, ayniqsa ular kutayotgan CAESAR gaubitsalariga ancha ko‘proq jihozlar yetkazib berish imkonini beradi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 yanvar kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Stefan Sejurne lavozimiga kirishganidan keyin Ukrainaga tashrif buyurgan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15