Fransiya Toshkent suv ta’minoti tizimini yaxshilashga 145 mln yevro ajratadi

Jamiyat

image

Fransiya hukumati Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 million yevro mablag‘ ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 20 fevral kuni Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov “SUEZ” kompaniyasining (Fransiya) katta ijrochi vitse-prezidenti Erik Gebali boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Fransiya kompaniyasi rahbariyati Fransiya Hukumati Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qullaganini ma’lum qildi. Shuningdek, uchrashuvda loyiha hujjatlarini tayyorlash va ularni hayotga tatbiq etilishini tezlashtirish bo‘yicha masalalar hamda navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Erik Gebali O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Ulardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi bo‘ladi. Loyihani ro‘yobga chiqarish kompaniya tomonidan grant asosida ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

suv ta'minoti

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing