Fransiya terma jamoasi futbolchisi JCH kubogini sotdi
Sport
−
01 avgust 2439 1 daqiqa
“Manchester Siti” va Fransiya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi, ayni paytda Polshaning “Pogon” klubida to‘p surayotgan Benjamen Mendi Jahon chempionati kubogi nusxasini sotdi. Bu haqda AS nashrining xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2018 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan futbolchi sovrinni AQSHning Goldin auksion uyi orqali kim oshdi savdosiga qo‘ygan. Savdo joriy yilning 25 iyul kuni yakunlangan.
Jahon chempionati kubogining nusxasi 54 ming yevroga sotildi. Bu summa dastlabki kutilmalardan pastroq bo‘ldi. Sababi, ekspertiza davomida sovrinning tag qismida yoriq hamda kichik yeyilish izlari aniqlangan.
Xaridorga kubok bilan birga Benjamen Mendi imzolagan haqiqiylik sertifikati ham topshirilgan.
Ma’lumot uchun, Mendi faoliyati davomida “Gavr”, “Loryan”, “Marsel”, “Monako”, “Manchester Siti” va “Syurix” klublari sharafini ham himoya qilgan. U “Monako” bilan Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Manchester Siti” safida uch marta Angliya Premer-ligasi va ikki marta Angliya Liga kubogi g‘olibi bo‘lgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust