Fransiya sobiq Bosh vaziri qamaldi

Olam

image

Parij apellyatsiya sudi Fransiyaning sobiq Bosh vaziri Fransua Fiyonni rafiqasini soxta ishga yollash ishi bo‘yicha bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

Bugun, 9 may kuni Parij apellyatsiya sudi Fiyonni davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, korporativ aktivlardan noto‘g‘ri foydalanishda ishtirok etish va yashirishda aybdor deb topdi.

Sobiq hukumat rahbarining rafiqasi Penelopa Fiyon ikki yillik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

2020 yil iyun oyida Parij sudi Fiyonni davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topgandi va uni besh yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Shundan uch yil shartli qamoq jazosi edi. Fiyon, shuningdek, 375 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi va unga o‘n yilga saylangan lavozimni egallash taqiqlandi. Fiyonning rafiqasi Penelopa davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda ishtirok etish va yashirishda aybdor deb topildi. U uch yil shartli qamoq jazosiga va 375 ming yevro jarimaga hukm qilindi.

Fiyonning himoyasi hukmni adolatsiz deb topdi va apellyatsiya shikoyati berildi.

2017 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi vaqtida Fiyon va uning atrofidagilar mojaroga aralashib qoli. Bu “Canard enchaine” nashrining maqolasi bilan boshlandi, unda sobiq Bosh vazirning rafiqasi uning soxta parlament yordamchisi sifatida sakkiz yil davomida maosh olgani haqida yozilgan. Gazeta, shuningdek, Penelopa Fiyon “Revue des Deux Mondes” jurnalidagi ishi uchun ma’lum muddat maosh olgani haqida xabar bergan, ammo bu ish soxta emasligiga shubha bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Fransua Fiyon

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar