Fransiya Ozarbayjonni diktatorlik davlati deb atadi. Baku uzr talab qilyapti
Olam
−
17 may
5888Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Fransiyadan mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenning bayonoti uchun uzr so‘rashni talab qildi.
16 may kuni Fransiya vaziri “France 2” telekanaliga bergan intervyusida Ozarbayjonni diktatura deb atadi.
“Fransuz tomoni bu bayonot uchun uzr so‘rashi kerak, aks holda bu Ozarbayjon-Fransiya munosabatlariga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, dedi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda.
Uning ta’kidlashicha, fransuz tomonining bunday bayonotlari mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas va Ozarbayjon tomoni ayblovni qat’iyan rad etadi. Ozarbayjon TIV rasmiy vakili inson huquqlari qo‘pol ravishda buziladigan, tartibsizliklar paytida namoyishchilar o‘ldiriladigan, islomofobiya va musulmonlarga qarshi hujumlar keng tarqalgan, shuningdek, antisemitizm mavjud bo‘lgan Fransiyadan farqli o‘laroq Ozarbayjonda huquq va erkinliklar to‘liq ta’minlanganini aytdi.
“Ozarbayjon turli etnik va diniy elatlarga mansub odamlar do‘stlik va xavfsizlik sharoitida istiqomat qilayotgan mamlakat”, deydi Hojizoda.
LiveBarchasi