Fransiya Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha prokuror taklifini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Fransiya Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurorining Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galant hamda HAMASning uch nafar yetakchisini urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblab, hibsga olishga order berish haqidagi iltimosini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Fransiya Xalqaro jinoiy sudni, uning mustaqilligini va barcha vaziyatlarda jazosizlikka qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi TIV bayonotida.

Tashqi ishlar vazirligi Fransiya 2023 yil oktyabr oyida HAMAS hujumini rasman qoralaganini eslatdi. 

“Isroilga kelsak, sudning dastlabki tergov palatasi bir-birini to‘ldirish tamoyilini va Isroil sudlarining mumkin bo‘lgan harakatlarini inobatga olgan holda prokuror tomonidan uning ayblovlarini qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etgan dalillarni o‘rganib chiqib, ushbu orderlarni berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak”, deyiladi Fransiya vazirligi bayonotida.

Rasmiy Parij Fransiya nafaqat mojaro zonasida tinchlik o‘rnatish, balki isroilliklar va falastinliklarning azob-uqubatlariga chek qo‘yadigan yechim topish tarafdori ekanini urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berishni talab qilgan edi. Prokuror bayonotida isroillik siyosatchilar va HAMAS yetakchilari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan. Shundan so‘ng Isroil va HAMAS XJS prokurorining talabini qoraladi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Karim Xonning Netanyaxu va Gallantni hibsga olishga order berishni so‘ragan bayonotini qoraladi


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Isroil HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu XJS Yoav Galant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made