Fransiya – Marokash o‘yini oldidan 20 ming politsiyachi safarbar etildi

Sport

image

Fransiya rasmiylari Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati uchrashuvi munosabati bilan shahar ko‘chalarida jamoat tartibini ta’minlash uchun 20 ming nafar politsiya xodimi va jandarmni safarbar qiladi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Loran Nunesga tayanib, “Franceinfo” radiosi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 ming nafar xavfsizlik xodimining taxminan 8 ming nafari Parij shahriga jalb etiladi.

Radiostansiya qo‘lga kiritgan Ichki razvedka xizmati tomonidan 8 iyul kuni tayyorlangan maxfiy ma’lumotnomada tahlilchilar ushbu uchrashuv jamoat tartibi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, turnir boshlanganidan buyon Marokash terma jamoasi ishtirok etgan uchrashuvlar chog‘ida ham shunday holatlar kuzatilgan.

Shuningdek, o‘yin natijasidan qat’i nazar, marokashlik muxlislar bilan to‘qnashuv chiqarishga urinishi mumkin bo‘lgan o‘ng qanot radikal guruhlarining ehtimoliy harakatlari haqida ham ogohlantirilgan.

Fransiya va Marokash o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 10 iyulga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing