Fransiya: Qorabog‘ bo‘yicha qolgan muammolarni Minsk guruhi hal qilishi kerak

Olam

image
Qoyilmaqom uchlik: Minsk guruhining Qorabog‘dagi vazifasi nima edi? north_east

Qoyilmaqom uchlik: Minsk guruhining Qorabog‘dagi vazifasi nima edi?

Fransiya Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq va 9 noyabrda imzolangan uch tomonlama bayonotda qayd etilmagan masalalarni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi doirasida hal qilish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan Yerevanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

“Biz 9 noyabrda imzolangan bayonotni ham o‘rganib chiqdik. Albatta, unda inobatga olinmagan fikrlar mavjud. Bu allaqachon siyosiy masala bo‘lib ulgurgan. Biz bu masalalarning barchasini YeXHT Minsk guruhi doirasida ko‘rib chiqishimiz kerak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi. 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi.

Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing