Fransiya Isroilni Falastinga qilgan zulmi uchun jazolamoqchi
Olam
−
12 may 2020
9444Rasmiy Parij falastinliklarni “tajovuzkor Isroildan“ himoya qilishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 12 may kuni “Reuters” nashri xabar qildi.
Fransiya hukumatining so‘zlariga ko‘ra, Iordaniya vodiysida o‘z hududini noqonuniy kengaytirgani uchun Isroilning jazosi, Rossiyani Qrimni anneksiya qilgani uchun olgan jazosidan kam bo‘lmasligi kerak.
15 may kuni ushbu masala Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida muhokama qilinadi. Hozircha fransuz diplomatlari o‘z takliflarini boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan muhokama qilishmoqda.
Isroilga qarshi har qanday choralarni ko‘rish uchun Fransiya tashabbusi istisnosiz ittifoqning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Lekin, Yevropa mamlakatlari orasida Isroilga o‘tmishdan do‘st tutingan Chexiya va Ruminiya singari davlatlar bor.
Biroq, Yevropa Ittifoqi bilan janjal Isroil uchun juda yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Ayniqsa sanksiyalar bilan kechadigan jazolar isroilliklarni aniq xursand qilmaydi. Endi Isroil faqat AQSHning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishi mumkin. Sanksiyalarning qanday bo‘lishi noma’lum. Ammo manbaga ko‘ra ularni Qrim anneksiya qilinganligi sababli Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan jazolar bilan bir xil bo‘lishi kerak.